Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

«Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi g’oliblari munosib taqdirlandilar.

2011 yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazilib kelinayotgan «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi ham kasaba uyushmalari harakatini tashkiliy jihatdan mustahkamlash, shuningdek, mehnatkashlar o‘rtasida kasaba uyushmalari mavqeini oshirish, jamoaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida boshlang‘ich tashkilotlarni faol ishtirokini ta’minlash, kasaba uyushmalari tashkilotlarida ishlovchilar hamda faollarda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish, boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlaridagi ilg‘or ish tajribalarini aniqlash hamda ommalashtirish yo‘lida asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Joriy yilda ham viloyatda mazkur ko‘rik tanlovning 1- va 2-bosqichlari keng miqyosda o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlarda kasaba uyushma a’zolari soni 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar va kasaba uyushma a’zolari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan  boshlang‘ich tashkilotlar jami 1008 ta boshlang‘ich tashkilotlar ishtirok etdilar.

Tanlovning ikkinchi bosqichi joriy yilning iyun oyida Respublika kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari tomonidan o‘tkazildi. Unda, birlashma kengashining mas’ul xodimlari ishtirokida raislar kengashining qarori bilan shakllantirilgan komissiya tomonidan tarmoq kasaba uyushmalari bo‘yicha hududlardan yo‘llanma olgan  boshlang‘ich tashkilotlardan g‘oliblar aniqlanib,                     1-o‘rinni egallagan boshlang‘ich tashkilotlarning hujjatlari keyingi bosqichga ishtirok etish uchun Respublika kengashlariga yuborildi.

Bugun o‘tkazilayotgan mazkur tadbir esa tarmoq kasaba uyushmalari tizimida o‘tkazilgan «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichlarida 2 ta yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangandir.

Unda, Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining raisi Esanbay Rajabov «Kasaba uyushmalari harakatida boshlang‘ich tashkilotlarning tutgan o‘rni va roli” mavzusida ma’ruza qildi.

Asosiy ma’ruzadan keyin, har bir tarmoq bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan boshlang‘ich tashkilotlar raislari tomonidan mazkur boshlang‘ich tashkilot ish faoliyatini ommalashtirish maqsadida taqdimotlari tashkil qilindi.

Tadbir yakunida ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va yakuniy tadbir doirasida tashkil etilgan turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlangan boshlang‘ich tashkilotlarga  birlashma kengashining diplomlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!