Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

 “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik tanlovi o’tkazildi.

SAMSUNG CAMERA PICTURES

       O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 31-martdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida” gi 21-53 “s” sonli qaroriga asosan, 2019 yil 24-may kuni iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi.

“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan  a’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan hamda 100 nafardan ortiq bo‘lgan 42 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari ishtirok etdi.

Hujjatlar ishchi komissiyasi tomonidan o‘rganilib, baholash mezonlari asosida baholandi.

Baholash natijalariga ko‘ra a’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida  viloyat “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish” boshqarmasi 1-o‘rinni (212 ball), “Nasaf Travel” kompaniyasi 2-o‘rinni  (164 ball), viloyat “Yong‘inga qarshi kurash” jamiyati 3-o‘rinni             (118 ball);

A’zolar soni 100 nafardan ziyod bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida viloyat “Suvoqova” DUK  1-o‘rinni (198 ball), Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi 2-o‘rinni (171 ball), Qarshi tuman obodonlashtirish boshqarmasi 3-o‘rinni (127 ball) egalladi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Tarmoq kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tomonidan  ko‘rik tanlovda 1-2-3 o‘rinni egallagan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari  esdalik sovg‘a,  diplomlar bilan taqdirlanib, faol ishtirok etgan boshlang‘ich tashkilotlarga “Tashakkurnoma” lar topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!