Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

     « Eng namunali boshlang‘ich tashkilot »  ko‘rik tanlovi

      O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Muborak tuman kengashi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, tumandagi kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi bilan hamkorlikda, 2019 yilning 22 may kuni tumandagi Axborot texnologiyalari va xizmat ko‘rsatish kollejida  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 31 martdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida”gi 21-53 “s” sonli qarori asosida, tarmoq tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

    Tanlovni tuman kengashi raisi Yangiboy Avezov kirish so‘zi bilan ochib berdi.  Tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi,  a’zolari soni 100 nafardan ortiq(5 ta) va a’zolari soni 100 nafargacha (46ta) bo‘lgan tashkilotlar ishtirok etdilar. Tanlovda jami 51 ta tashkilot ishtirok etdi. Bu umumiy boshlang‘ich tashkilotlarning 89%ni tashkil etadi.

    Tanlov hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra, a’zolari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlar o‘rtasida 1-o‘rinni 173 ball jamg‘argan  1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2-o‘rinni 165 ball jamg‘argan  Muborak Axborot texnologiyalari va xizmat ko‘rsatish kolleji,  3-o‘rinni 157 ball jamg‘argan Sanoat kasb-hunar kolleji egallagan bo‘lsa, a’zolari soni 100 nafargacha bo‘lgan tashkilotlar o‘rtasida 1-o‘rinni 169 ball jamg‘argan 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, 2-o‘rinni 162 ball  jamg‘argan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 3-o‘rinni 154 ball jamg‘argan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari egalladilar.

    G‘olib tashkilotlarga tuman kengashining diplomlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

  Tanlov natijalari “Muborak hayoti” tuman gazetasining 2019 yil “31” maydagi 9 sonida «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik- tanlovi nomli maqolada yoritiladi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!