O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilib kelayotgan hamda O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi Markazi bilan xamkorlikda o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi ” tanlovi, O‘zbekiston iste’mol tovarlari ishlab chikarish, savdo va xizmat kursatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashkadaryo viloyati tizimidagi o‘quv muassasalarida o‘tkazib borilmoqda.
Nishon tuman maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-xunar kollejida 2017 yil 3 aprel kuni “Milliy taomlar kurgazmasi” tashkil etildi. Ushbu tadbirda g‘olib chikkan jamoalar kollej rahbariyati tomonidan Faxriy yorliklar va estalik sovg‘alari bilan takdirlandi. Mazkur tadbirda 300 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.