Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi” tanlovning viloyati bosqichini o‘tkazdi.

“Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, erkin kasb tanlashi, ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borishlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar o‘z ijobiy samarasini bermoqda. Yoshlarimizda o‘ziga nisbatan ishonch tuyg‘usi shakllanmoqda.

Yoshlarning har bir sohada o‘z iqtidorlarini nomayon etishlari, yangi marralarni qo‘lga kiritishlari, o‘zlari tanlagan sohada ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi yoshlar ilm, fan va texnika, sport, ishlab chiqarish, tadbirkorlik umuman olganda iqtisodiyotning barcha sohalarida havas qilsa arzigulik natijalarga erishib kelmoqda.

Mamlakatimizda “Yosh ishchi kadrlarni tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatining izchil amalga oshirilishida davlat va nodavlat tashkilotlarining yaqindan hamkorligini tashkil etib borish, ishchi kasblarni ommalashtirish, eng yaxshi xalqaro ishlanmalarni kasbiy ta’lim tizimiga tadbiq etish uchun zamin yaratish, yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish, o‘quvchi-yoshlarda o‘zlari tanlagan kasb va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahoratini va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 10-11 may kunlari korxona, tashkilot va ta’lim muassasalarning 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan xodimlari va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida 1-bosqichi shahar va tumanlar miyosida

“Qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi”, “Kompyuter injineringi texnigi”, “Dasturiy injineringi texnigi”, “Payvandlash ishlari texnigi”, “Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mexanik”, “Umumqurilish ishlari ustasi”, “Qurilish-pardozlash ishlari ustasi”, “Oshpaz”, “Milliy va badiiy liboslar modelyeri”  kabi 9 ta nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi.

Viloyat tanlovining ishtirokchilariga “Yoshlarga oid davlat siyosati” roligi namoyish etildi.

Tanlov g‘oliblari viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar va madaniy tadbir tashkil etildi.

Kanlovning korxona, tashkilot va ta’lim muassasalarning 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan xodimlari va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida 1-bosqichi shahar va tumanlar miyosida “Qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi”, “Kompyuter injineringi texnigi”, “Dasturiy injineringi texnigi”, “Payvandlash ishlari texnigi”, “Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mexanik”, “Umumqurilish ishlari ustasi”, “Qurilish-pardozlash ishlari ustasi”, “Oshpaz”, “Milliy va badiiy liboslar modelyeri” kabi 9 ta nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi.

Tanlovning 1-bosqichi shahar, tumanlar miqyosida korxona, tashkilot va ta’lim muassasalar xodimlari va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, ularda 984 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!