Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

E’TIROF

        Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi muhokama qilindi.  Unda  kasabaqo‘m raisi Qahramon G‘afforov hisobot berar ekan, maktabda pedagoglarning mehnatiga yarasha rag‘batlantirish chora-tadbirlari yildan-yilga yaxshilanayotganini ta’kidladi. Jumladan, o‘tgan yili shogirdlari “Yosh ijrochilar” Respublika ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan 7 nafar o‘qituvchi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan yetti nafar faxriyga oziq-ovqat mahsulotlari, uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan olti nafar ilg‘or xodimga moddiy rag‘bat taqdim etildi. 26 nafar o‘qituvchining Buxoro shahriga sayohati tashkil qilindi.

Buxoroi Sharifga tashrif ancha samarali bo‘ldi. Qarshilik pedagoglar Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida konsert dasturini taqdim etishdi, hamkasblar bilan tajriba almashindi.

“Xalqaro nogironlar kuni” arafasida olti nafar pedagogga oziq-ovqat jamlanmasi berilib, ehtirom ko‘rsatildi.

Muassasada ta’lim jarayonini rivojlanishida yosh mutaxassislar ishtirokini yanada oshirish hamda yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kompleks dastur va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Olti nafar yosh mutaxassisdan iborat kengash bu boradagi jarayonlarga mas’ul etib belgilangan.

Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan maktab kutubxonasiga 800 ming so‘mlik kitoblar olib berildi. Xodimlarning shug‘ullanishi uchun 1000000 so‘mlik sport anjomlari xarid qilindi.

Pedagoglarning 14 nafar farzandi Yakkabog‘dagi “Istiqlol g‘unchalari” oromgohida sog‘lomlashtirildi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi mamlakatimizdagi bayram sanalarini yuqori saviyada nishonlash maqsadida maktab jamoasi va o‘quvchilari o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar, hisobot konsertlari o‘tkazish va faol ishtirokchilarni munosib taqdirlashda ham o‘z an’analariga ega. Masalan, “Kasaba uyushmalari kuni” arafasida ta’lim muassasasida shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etilib, g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Bundan tashqari, ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi jamoa shartnomasi bandlariga ko‘ra, xodimlarning yaxshi-yomon kunlarida yelkadosh bo‘lishayotgani muzokaralar chog‘ida alohida e’tirof etildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!