Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” dasturi amalda

         O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 25 yanvardagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish-ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” ijrosini ta’minlash bo‘yicha kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturi to‘g‘risida”gi 12-15 “s” sonli qarori asosida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2019 yil 30 yanvardagi 15-12 “s” sonli qarori qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan 19 ta banddan iborat, umumiy sarf-xarajatlar miqdori 3 mlrd. 45 mln. 600 ming so‘m bo‘lgan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining dasturi tasdiqlandi.

Dastur barcha quyi kasaba uyushma tashkilotlariga yetkazilib, ijrosi doimiy nazoratga olingan. Birlashma dasturi asosida quyi tashkilotlarning o‘z dasturlari qabul qilinib, ijrosi ta’minlab borilmoqda.

Viloyat dasturining ijrosi 2019 yilning birinchi yarim yilligi davrida tahlil qilinganda, quyidagilar qayd etildi:

Dastur ijrosi 180,8 foizga bajarilib, dastur bandlarining bajarish uchun 5 mlrd. 506,8 mln. so‘m mablag‘ sarflandi. Shundan, 622,9 mln. so‘m kasaba uyushmalari budjetidan, 183,7 mln. so‘m ijtimoiy sug‘urta mablag‘laridan, 4 mlrd. 700,2 mln. so‘m ish beruvchilar hisobidan ajratildi.

Jamoa shartnomalari va mintaqaviy kelishuvlar orqali 19268 nafar, shundan 15957 nafarini viloyatdagi qadamjolar va ziyoratgohlarga, 3311 nafarini respublikamizning tarixiy shaharlariga xodimlar va ularning oila a’zolari uchun sayohatlar tashkil etildi. Mazkur maqsadlar uchun 476,8 mln. so‘m, shundan 363,2 mln. so‘mi kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan, 113,6 mln. so‘m ish beruvchilar hisobidan sarflandi.

Yosh avlodda Vatanga muhabbat va sadoqat hislarini shakllantirish maqsadida 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlab 1150 nafar “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda ehtiyojmand oila azolari uchun muzeylar, hayvonat va boshqa madaniyat-istirohat bog‘lariga bepul tashriflari tashkil etildi.

Xodimlarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish, ularni ma’naviy ozuqa olishlari, boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 517 nafar xodimlar uchun muzeylarga, 1148 nafar xodimlar uchun teatrlarga, 803 nafar xodimlar uchun konsertlarga tashriflar uyushtirilgan. Ushbu maqsadlar uchun 21,2 mln. so‘m mablag‘ sarf etilib, dastur bandi 2 barobarga bajarildi.

8-mart va 9 may bayramlari arafasida birlashma kengashi tomonidan Shahrisabz tumanidagi “Muruvvat nogironlar uchun ayollar internat uyi” va Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat” uyida yashovchilarning holidan xabar olinib, 3,0 mln. so‘mlik homiylik yordami ko‘rsatildi.

Hisobot davrida 2736 ta korxona, tashkilot va muassasalarda “Ma’naviyat soatlari” tashkil etilib, ularda 456 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlarning ishtiroki ta’minlandi.

Shuningdek, Dastur doirasida jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 6988 nafar aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoyalash maqsadida 4 mlrd. 225 mln. so‘mlik chora-tadbirlar amalga oshirildi.

2019 yilning o‘tgan davri mobaynida xodimlarga 70,1 mln. so‘mlik 46 ta sanatoriy yo‘llanmalari bepul berildi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan joriy yilning 1 noyabr kuniga qadar Dasturda belgilangan vazifalar ijrosini to‘liq bajarilishini ta’minlash rejalashtirilgan.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!