O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim-O‘zbekistonim!” mavzusida Koson tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirga mazkur muassasada uzoq yillar mehnat qilgan 10 nafar mehnat faxriylari taklif etildi. “O‘zbekiston:kecha va bugun” mavzusidagi davra suhbatida keksa avlod vakillari Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq 1 nafar ehtiyojmand oila vakiliga “Chortoq” sanatoriysiga imtiyozli yo‘llanmalar berildi