O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan talim sohasida uzoq yillar mehnat qilgan hozirgi kunda nafaqada bo’lgan mehnat faxriylaridan bir guruhi tumandagi 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida xalq ta’limi hodimlarining an’anaviy avgust konferensiyasiga taklif etildi. Mehnat faxriylariga tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi mudiri A.Alimardonov, tuman kengashi raisi S.Abdullayevlar tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi. Mehnat faxriysi S.Yuldoshev so’zga chiqib, xalqning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturida xalq ta’limi hodimlari oldida ham bir qancha vazifalar quyilganligini va bu vazifalarni bajarishda barcha pedagog-hodimlar faol ishtirok etishlarini ta’kidlab o’tdi. Shundan so’ng tadbir ishtirokchilariga konsert dasturi namoyish etildi.