Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Faxriylar kengashi tuzildi

      Joriy yilning 7 iyun kuni soat 09 00 da Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlarida ishlab hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan 46 nafar mehnat faxriylari va hozirgi kunda ishlab kelayotgan 4 nafar xodimlar taklif etilib yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “ O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 10-bandini  ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masala kiritildi.

Yig‘ilishda  viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida faxriylarning jamoatchilik markazi tuzildi.

Jamoatchilik markazi rayosati a’zolari 5 kishidan iborat etib tasdiqlandi, jamoatchilik markazi raisi etib  Bazarov Ismatulla saylandi.

Jamoatchilik markazi tomonidan kelgusida faxriylarning O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlarini mustahkamlashda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oqsoqollar, keksa yoshdagilar va nogironlarni yoshlarni Vatanga muhabbat, keksa avlod kishilarini hurmat qilish, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;

Keksalarning hayoti jarajasini oshirish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;

Keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar imtiyozlar bo‘yicha qonun hujjatlari qoidalari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ushbu masalada davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘maklashish, ehtiyojmand keksalarni va aholining boshqa qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta’minlash, ushbu maqsadlarda ishlab chiqarish, tijorat, noshirlik, xayriya tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, yolg‘iz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish;

Keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda har xil ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, rassomlarni va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etishni kelishib olindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!