Har bir sohaning o‘ziga yarasha mashaqqatlari bo‘lgani singari viloyatimizdagi transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi tizimida yil-o‘n ikki oy mobaynida jazirama issig‘u, qahraton qish chillasida yurt obodligi-yu, oila farovonligi yo‘lida tinim bilmay mehnat qilayotgan o‘z sohasining fidoiy insonlari talaygina. Yaqinda tarmoq tizimidagi Qamashi tumanida joylashgan Qamashi ishlab chiqarish mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘zoq yillar davomida samarali mehnat qilgan holda barchaga o‘rnak bo‘lib o‘z sohasining chinakkam fidoiysiga aylangan Muxabbat Karimova va Urol Tog‘ayevlarning 60 yoshga to‘lganligi munosabati bilan madaniy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Qashqadaryo viloyat transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining tabrigi o‘qib eshittirildi va kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Faxriylar nomidan so‘zga chiqqan Tog‘ayev Urol Turdiyevich, barchaga qilgan hurmat-ehtiromlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, o‘zining mehnat faoliyatidagi jarayonlari xususida tadbir ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdi.