Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Fermer  xo‘jaliklari  xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy va  mehnatga  oid manfaatlarini  muhofazalash –  fermerlik  harakatini  rivojlantiruvchi  kuch

  Fermerlar  huquqiy  va  iqtisodiy  bilimlari  saviyasini  yanada  yuksaltirish,  fermer  xo‘jaliklarida  mehnat  qilayotgan  xodimlar  ijtimoiy –  iqtisodiy huquq  va  manfaatlarini  himoyalash  ishlarini  takomiliga  yetkazish  choralarini ko‘rish, O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari Federatsiyasi Kengashining 2016 yil 5 fevraldagi TN-03/215 sonli xatini hamda Qashqadaryo  viloyati  kasaba  uyushmalari  tashkilotlari  birlashmasi  kengashi  rayosatining 2016 yil 8 fevraldagi   4-1 ,,s” sonli qarorini ijrosini taminlash maqsadida  viloyatning barcha tumanlarida    2016  yilning  fevral  oyida  fermer  xo‘jaliklari  rahbarlari vakillarini va yirik boshlang‘ich tashkilotlari raislarini jalb  etgan  holda  ,,Fermer  xo‘jaliklari  xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy va  mehnatga  oid manfaatlarini  muhofazalash –  fermerlik  harakatini  rivojlantiruvchi  kuch”  mavzusida  o‘quv-seminarlari  o‘tkazildi.O‘quv-seminarlarni  tashkil  etishda    tuman  bandlikka  ko‘maklashuvchi  markazlar hamda tumanlar  fermerlar kengashlari  bilan  hamkorlik  qilindi va maruzachi  qilib  kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining  malakali mutaxasislari jalb  etildi.O‘quv-seminarlar viloyatning barcha (13ta) tumanlarida o‘tkazildi. Tadbirlarda 1540 nafar fermer xo‘jaliklari raislari va 150 nafar yirik qishloq xo‘jalik korxonalarining boshlang‘ich kasaba uyushmasi qumitalari raislari ishtirok etdilar.Viloyatning Kasbi, Kitob, G‘uzor, Koson, Yakkabog‘ tumanlarida o‘tkazilgan    o‘quv-seminarlarda maruzachilarga ko‘plab savollar berildi, ishtirokchilar tomonidan mavzular doirasida o‘z fikr-mulohazalari bildirildi. Bu va boshqa tumanlarda  bandlikka  ko‘maklashuvchi  markazlar hamda tumanlar  fermerlar kengashlari raislari va masul xodimlari ishtirok etdilar va hammaruzachi sifatida  maruza qildilar.

IMG_8276

IMG_8270

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!