Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Fermer xo‘jaliklarida  hisob tizimi takomillashtirilmoqda.

     So‘ngi yillarda qishloq xo‘jaligida yer va suv munosabatlarini tartibga solish, qishloq xo‘jalik ekin maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yuqori daromadli eksportbop mahsulotlar yetishtirish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid narxini oshirib borish hisobiga qishloq xo‘jalik korxonalarining  moliyaviy barqarorligini taminlashga doir ko‘plab Davlat rahbari va Hukumatning qarorlari qabul qilinmoqda.

Shulardan biri  2018 yilning 2 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan  ,, Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3824-sonli qaroridir.

Mazkur qaror bilan  tuman  fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari  tuzildi. Bunda markaz xodimlarining ish haqi va unga tenglashtiriladigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi.

,,Agrobank” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Respublika fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining birgalikdagi takliflari asosida davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining agrotexkartalari asosida ajratilgan kredit resurslarini onlayn tarzda  boshqarish, to‘lovlarni amalga oshirish va qoldiqlarni nazorat qilib borish imkonini beruvchi maxsus mobil banking dasturiy  taminoti ishlab chiqildi.

    Ushbu qaror bir tomondan paxta xom-ashyosi va boshoqli don  yetishtirishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga  xizmat qilsa, ikkinchi tomondan fermer xo‘jaliklari xodimlari-kasaba uyushmasi azolarining azolik badalini  o‘z vaqtida to‘lanishida  o‘z hissasini qo‘shadi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!