Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Foydali muloqot

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini kuchaytirish, jamiyatimizni isloh qilishning hozirgi bosqichida ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mazkur institutlar hamkorligida jamoatchilik nazoratini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayapti. Adliya vazirligi Qashqadaryo viloyati xududiy boshqarmasi, fuqarolik jamiyatini shakllannishini monitoring qilish mustaqil instituti Qashqadaryo viloyati xududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda  o‘tkazilgan tadbir «Nodavlat va notijorat tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish- muammo va yechimlar» mavzusiga bag‘ishlandi.Davlat muassasalari va jamoat xizmati, agrosanoat majmui, sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushma tarmoqlari faollari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda adliya organlariga taqdim qilinadigan hisobotning yangi shakli hamda uni to‘ldirish va topshirish tartibi bilan tanishtirildi va kun tartibidagi masalaga oid dolzarb muommolar muhokama qilindi.Yig‘ilishda  Adliya vazirligi Qashqadaryo viloyati xududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Alisher Isoqov va boshqalar yig‘ilganlarning savollariga javob qaytardilar. Savol-javob, o‘zaro muloqot tarzida o‘tgan tadbir yig‘ilganlar uchun juda foydali bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!