Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim” mavzusida tadbirlar o’tkazildi.

       Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan shuningdek, “Sog‘lom ona va bola yili” dasturida belgilangan tadbirlarni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2016 yilning 16 avgust kuni Kasbi (Qarshi, Muborak, Mirishkor, Koson, Kasbi hamda Qarshi shahri) tuman hokimligida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyatning chekka va borish qiyin bo‘lgan qishloq tumanlarida yashovchi kam ta’minlangan oilalarning 127 nafar ayollari elektr-maishiy texnika tovarlari, 5 nafar ko‘zi ojiz talaba va o‘quvchilar o‘quv anjomlari, 10 nafar viloyatdagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan ehtiyojmand talaba-o‘quvchilar kasaba uyushma stipendiyasi, 4 nafar mustaqillik yillarida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar xodimlari oilalari moddiy yordamlar hamda 1 nafar ishlovchi, ehtiyojmand ayolga kasaba uyushmasi tizimidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma bilan taqdirlandi.

            2016 yilning 17 avgust kuni Shahrisabz (Yakkabog‘, Kitob, Qamashi, Chiroqchi Shahrisabz) tumanidagi Musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan turkum tadbirda viloyatning chekka va borish qiyin bo‘lgan qishloq tumanlarida yashovchi kam ta’minlangan oilalarning 133 nafar ayollari elektr-maishiy texnika tovarlari, 2 nafar ko‘zi ojiz talaba va o‘quvchilar o‘quv anjomlari, 12 nafar viloyatdagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan ehtiyojmand talaba-o‘quvchilar kasaba uyushma stipendiyasi, 3 nafar mustaqillik yillarida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar xodimlari oilalari moddiy yordamlar hamda 4 nafar ishlovchi, ehtiyojmand ayolga kasaba uyushmasi tizimidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma bilan taqdirlandi.

    Shuningdek, joriy yilning 18 avgust kuni G‘uzor (Dehqonobod, Nishon, G‘uzor) tumanidagi Musiqa va san’at maktabida mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan topshirildi.

IMG_3327

IMG_3325 IMG_3315 IMG_3307 IMG_3290IMG_3284 IMG_0606 IMG_0563

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!