Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Har bir bolaga mehr, e’tibor” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

            Shahrisabz tuman maktabgacha talim bo‘limi hamda O‘zbekiston talim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi hamkorlikda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan joriy yilning 1 iyun kuni Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar dam olish oromgohida tadbir o‘tkazildi.

           Tadbirni o‘tkazishdan maqsad mamalakatimizda jismonan va ma’nan sog‘lom, har tomonlama etuk va barkamol yosh avlodni tarbiyalashda hissa qo‘shish, 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublikada o‘tkaziladigan “Har bir bolaga mehr, e’tibor” shiori ostidagi maxsus xaftalikda hamda “Kasaba uyushmalari-bolalarga”aksiyasi doirasida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini taminlashdan iborat.

           Tadbirni tuman xokimi o‘rinbosari B.Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi, viloyat maktabgacha talim boshqarma boshlig‘i A.Alimardonov, tuman maktabgacha talim bo‘limi mudiri D.Imomova, tuman ta’lim, fan va madaniyat kasaba uyushmasi kengashi raisi S.Abdullaevlar so‘zga chiqdi va tadbir ishtirokchilarini tabrikladilar.    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha talim vazirligi tomonidan berilgan esdalik sovg‘alar tumandagi maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilariga berildi.

          Tumandagi 3 yoshdan 7 yoshgacha maktabgacha talim yoshidagi 24 nafar nogiron bolalarga tuman kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

          Tadbirda 6-,8-,9-,11-,15-,18-maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.

          Tadbirda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i CH.Kucharov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Shahrisabz tuman kengashi raisi A.Yangiboev, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Almirzaevalar ishtirok etdilar.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!