Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Har bir bolaga mehr, e’tibor!” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi.

      O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018 yil 25 maydagi “1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublikada o‘tkaziladigan “Har bir bolaga mehr, e’tibor!” shiori ostidagi maxsus haftalikda kasaba uyushmalarining  ishtirokini tashkil etish to‘g‘risida”gi 9-124 “s”-sonli qarori asosida Koson tumanida ham turkum tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarda mamlakatimizda jismonan va ma’nan sog‘lom, har tomonlama yetuk va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish, tadbirlarda kasaba uyushmalarining  faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.,

      Bayram tadbirini tashkil etish bo‘yicha tuman kengashining tadbirlar dasturi tasdiqlandi va boshlang‘ich tashkilotlarga yetkazildi.

      Bayram tadbirlari ta’lim muassasalari va asosan tuman markaziy va bolalar istirohat bog‘larida  o‘tkazildi.

      Bayram tadbirlarida bolalar o‘rtasida o‘ndan ortiq yo‘nalishlarda ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalari o‘tkazildi. Tuman kengashi tomonidan 15 nafar yetim va ehtiyojmand oilalar farzandlariga badiiy kitoblar olib berildi.

      Haftalik davomida 50 nafardan ortiq kam ta’minlangan oilalar farzandlarini yozgi oromgohlarda sog‘lomlashtirish bo‘yicha buyurtmalar olindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!