O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3268-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha Koson tumanida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
2018 yilning 9 fevral kuni Koson tumanidagi kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida 30 nafar kam ta’minlangan oilalarga gaz plitalari va gaz ballonlari tarqatildi.
Tadbir tom ma’noda bayram shodiyonasiga aylanib ketdi.
Tadbirga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi o‘rinbosari I.Ahmedov, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Sh.Kubayevlar ishtirok etdilar.
Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari –tuman hokimi B.Rajapov, tuman prokurori A.Hamroyev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i U.Otaqulov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Sharipovlar gaz plitalari va ballonlarini tarqatishda ishtirok etib, sektorlar kesimida mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil ravishda davom etishini, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda ekanligini ta’kidladilar.
Tadbirga mahallalar faollari, nuroniylar, diniy idoralar va ommaviy axborot vakillari jalb etildi.