Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Hashar – elga yarashar!

    Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosati tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining   2019 yil 14 avgustdagi “Umumxalq xayriya hasharida ishtirok etish to‘g‘risida”gi 14-31 “s” sonli qaroriga asosan viloyatda Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga kasaba uyushma a’zolarida daxldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam va mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, korxona, tashkilot va muassasalar hamda tizimdagi sog‘lomlashtirish muassasalari hududlarini obodonlashtirish ishlarida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16 avgust  kuni 17-15 “s” sonli qaror qabul qilindi.

Qarorda viloyatdagi barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushma tashkilotlariga 2019 yilning avgust oyida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi munosabati bilan joylarda kasaba uyushma a’zolari va xodimlarining faol ishtirokini ta’minlash, korxona, tashkilot va muassasalar, kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylar, dam olish uylari hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari hududlarida obodonlashtirish va tozalik tadbirlarini tashkil etish, ushbu hududlar va hudud atroflaridagi daraxtlarni oqlash va butash, tegishli tashkilotda mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar-ning uy-joy sharoitlarini ta’mirlash va obodonlashtirishga ko‘maklashish, hamda korxona, tashkilot, idora va muassasalarga biriktirilgan mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, hiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarni tartibga keltirish ishlariga alohida e’tibor qaratish topshirildi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan umumxalq hashari kuni munosabati bilan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, umumxalq hashari kunlari viloyat bo‘yicha 440 ming nafardan ortiq kasaba uyushma a’zolari ishtiroki ta’minlandi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida 125 ming tupga yaqin daraxtlarni oqlash va butash ishlari olib borildi.

Mahallalar, aholi punktlari, ma’muriy va ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar hamda ziyoratgohlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari mobaynida 150 km. ariq va zovurlar tozalandi, 45 ming metr kvadratdagi devorlar oqlandi, 6,5 ming tonnadan ortiq har xil chiqindilar chiqarildi. Shuningdek, 300 nafarga yaqin yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarning uy-joylarida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!