“Kasaba – Tur” velomarafonining birinchi bosqichi joriy yilning 11-19 aprel kunlari 2340 ta korxona, tashkilot va muassasalarda 68455 nafar, ikkinchi bosqichi viloyatdagi 14 ta shahar va tumanlarda 3-4 may kunlari 1457 nafar korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qiladigan havaskor velosportchilar ishtirokida tashkil etildi. Velomarafonning yakuniy viloyat bosqichi 14 may kuni Qarshi shahrida o‘tkazildi. Musobaqada shahar va tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 168 nafar havaskor velosportchilar qatnashdi. G‘oliblar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.