“Qarshi xalqaro aeroporti” MChJda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi vakillari, aeroport ishchi-xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024 yilgi ijrosi, mehnat jamoasining manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash va mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama etildi. Jamoa a’zolari tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topildi. Yig‘ilishda aviatsiya xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Raxmanov Rasul Mahmadiyorovich boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi lavozimiga bir ovozdan qayta saylandi. Shuningdek, boshlang‘ich tashkilot a’zolari va taftish komissiyasi tarkibi ham saylab olindi.