Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Hisobot saylovlar sarhisobi: yutuqlar, muammolar va yechimlar.

      Ma’lumki, kasaba uyushmalari tizimida 2020 yil hisobot-saylovlar yili sanaladi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida Nizomga muvofiq O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Koson tuman tashkilotlarida ham joriy yilning 3 fevralidan 4 apreligacha 155 ta tashkilot va muassasalarda hisobot-saylov yig‘ilish va konferensiyalarini o‘tkazish belgilangan.

Ayni kunda tarmoq tizimidagi tashkilot va muassasalarda hisobot-saylovlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Tuman kengashi tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti, tuman madaniyat bo‘limi va Koson pedagogika kollejida hisobot-saylov yig‘ilishlarini namunaviy seminar tarzida o‘tkazish belgilangan. Ushbu muassasalarda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga mehnat jamoasidan tashqari tarmoq tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislarining ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Ana shunday hisobot saylov yig‘ilishlarining biri 2020 yilning 3 fevral kuni 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi. Yig‘ilishda maktabning 115 nafar xodimlaridan 94 nafari ishtirok etdi. Mazkur hisobot-saylov yig‘ilishi tumandagi tayanch kasaba uyushma qo‘mitasi raislari uchun seminar vazifasini o‘tadi va unda 21 nafar tayanch maktablarning kasaba uyushma faollari ham  ishtirok etdilar. Hisobot-saylov yig‘ilishida maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2915 yil fevral oyidan 2020 yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi hisoboti eshitildi. Hisobot tahliliy-tanqidiy ravishda tayyorlangan bo‘lib, unda kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot davridagi faoliyati tahlil etildi. Hisobot qo‘mita faoliyati uchun tom ma’noda sarhisob vazifasini o‘tadi. Qo‘lga kiritilgan yutuqlar e’tirof etildi. Xato va kamchiliklar sanab o‘tilib, ularni bartaraf etish tadbirlari belgilandi.

Bundan tashqari 4-fevral kuni 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida, 5 fevral kuni Koson pedagogika kollejida o‘tkazilgan hisobot-saylovlar ham namunali tarzda tashkil etildi. Ayniqsa pedagogika kollejida o‘tkazilgan hisobot-saylov konferensiyasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Konferensiyada 635 nafar a’zolardan saylangan 102 nafar delegatlardan 95 nafari ishtirok etdi. Hisobot yuzasidan eshitilgan muzokaralarda kollej kasaba uyushma qo‘mitasining xodimlar uchun munosib mehnat, talabalar uchun esa munosib o‘qish va yashash sharoiti yaratish borasidagi tashabbuskorligi alohida e’tirof etildi. Ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi orasidagi ijtimoiy hamkorlik samarasi kasaba uyushma a’zolari manfaatlari uchun samarali xizmat qilayotgani, ayniqsa majburiy mehnatga barham berish, ish haqidan turli ushlanmalar ushlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat muhofasasi, ish haqi to‘lovlarining o‘z vaqtida to‘lanishi yo‘nalishlari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tizimli jamoatchilik monitoringining yuritilishi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasida alohida o‘rin tutganligi ta’kidlandi. Konferensiyada kollejning amaldagi jamoa shartnomasining bajarilmagan ayrim bandlarining ijrosi bo‘yicha mahalliy boshqaruv organlariga takliflar berish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlari va tavsiyalari tasdiqlanib, galdagi besh yil davomida amalga oshiriladigan eng muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘tkazilgan hisobot saylov yig‘ilishlari va konferensiyalarda kasaba uyushma qo‘mitalari faoliyatining ommaviy axborot vositalarida juda kam yoritilgani, qo‘mita tomonidan mehnat qonunchiligi va mehnat muhofasi bo‘yicha  yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha o‘z vaqtida ma’muriyat yoki boshqaruv organlariga asosli takliflar berilmagani, elektron hujjat almashinuv holatining talab darajasida emasligi, fuqarolar murojaati bilan ishlash faqat moddiy yordam va sanatoriylarga yo‘llanmalar olishdangina iborat bo‘lib qolayotgani, turli tanlovlarda ishtirok etish natijasining yetarli emasligi kabilar kasaba uyushma tashkilotlarining umumiy kamchiligi sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki o‘tkazilgan hisobot-saylovlari bayramona va tahliliy ruhda o‘tkazildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!