Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Hisobot-saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminar o’tkazildi.

     O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi yangi qonuni va uni amalga oshirishdagi vazifalar to‘g‘risida birlashma kengashining yuridik bo‘limi mudiri Sh.Sottarov o‘quv-seminar ishtirokchilariga yangi qonundagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tushuncha berdi va berilgan savollarga javob qaytardi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomaning  2019 yilda bajarilishi va 2020 yil uchun qabul qilish muhokamasi bo‘yicha o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlar to‘g‘risida birlashmasi kengashining mexnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoya qilish bo‘limi mudiri A.To‘rayev umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazish hisobotlarni berish va hujjatlar rasmiylashtirish bo‘yicha o‘quv-seminar ishtirokchilariga ko‘rsatmalar berdi va berilgan savollarga javob berdi.

   Kun tartibidagi keyingi masalalar yuzasidan sex, boshlang‘ich, birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotlarining hisobot-saylov yig‘ilishlari, konferensiyalarini o‘tkazish hamda hisobot-saylov yig‘ilishlari, konferensiyalar hujjatlarini rasmiylashtirish tartiblari to‘g‘risida birlashmasi kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri K.Ataboyev kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari, konferensiyalarini o‘tkazish hamda hisobot-saylov yig‘ilishlari, konferensiyalar hujjatlarini rasmiylashtirish tartiblari to‘g‘risida o‘quv-seminar ishtirokchilariga tushuncha, namunalar asosida ko‘rsatmalar berildi.

O‘quv-seminar davomida kasaba uyushma faollari tomonidan yozma va og‘zaki berilgan savollarga mas’ul xodimlar tomonidan javob berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!