O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan 28 aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellektn va raqamlashtirishning roli” shiori ostidagi mehnatni muhofaza qilish haftaligi doirasida turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlarda viloyatning tuman va shahar tashkilotlari ish beruvchi rahbarlari, mehnat muhofaza qilish mutaxassislari, mehnatni muhofaza qilishga oid sanitariya gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarini yaratilishi bo‘yicha yangi taklif, rejalar bilan faol ishtirok etishlaringizni so‘raymiz.
Shuningdek, tadbirlar davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2017 yil 20 noyabrdagi “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 8-108 “s” sonli qaroriga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan har yili mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan “Eng yaxshi korxona”, “Eng yaxshi kasaba uyushmasi”, “Eng yaxshi vakil”, “Eng yaxshi yosh mutaxassis” nominatsiyalari bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkaziladi.