Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Ijtimoiy hamkorlikka bag‘ishlandi.

 

   Joriy yilning 28 iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimligida Jahon banki va “AI Mar Consalting” konsalting firmasining qishloq  joylarda yashovchi kam ta’minlangan xotin-qizlarning daromad topish imkoniyatlarini mustahkamlash yuzasidan tadqiqotlarini amalga oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi, “Tadbirkor ayollar” assotsiatsiyasi, Bandlikka ko‘maklashish markazlari, Savdo sanoat palatasi vakillari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyatdagi mas’ul tashkilotchilari, kasaba uyushmalari shahar va tuman kengashlari raislari ishtirok etgan mazkur tadbirda viloyatning chekka qishloqlarida yashovchi kam ta’minlangan ayollarni ish bilan ta’minlashga, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

    Viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi R.Eshqobilova Qashqadaryo viloyatida xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan joylarda “Tadbirkor ayollar” assotsiatsiyasi, Bandlikka ko‘maklashish markazlari, Savdo sanoat palatasi, kasaba uyushmalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida hunarmandchilik, bog‘dorchilik, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib berdi. Jahon banki va “AI Mar Consalting” konsalting firmasi vakillari xotin-qizlarning mablag‘ topish imkoniyatlarini kengaytirishda, ularni kasbga tayyorlashda hamkorlik qilish istagida ekanliklarini bildirishdi.

    O‘zaro muloqot va savol javob ruhida o‘tgan yig‘ilish xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchilar va jamoat tashkilotlari vakillari uchun foydali bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!