Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tizimidagi kommunal xizmat ko‘rsatish hamda obodonlashtirish boshqarmalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj ishchi-xodimlariga boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining takliflariga hamda tarmoq kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi rayosatining 2020 yil 25-avgustdagi “Ehtiyojmand xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” gi 1-2 “s” sonli qaroriga muvofiq moddiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning sentabr oyida 100 nafar yordamga muhtoj ishchi xodimlarning plastik hisob raqamlariga karantin sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash maqsadida kasaba uyushma budjeti mablag‘i hisobidan har biriga 150 000 so‘mdan jami 15,0 mln. so‘m o‘tkazib berildi.