Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Ikki buyuk siymo ijodi avlodlar uchun bebaho maʼnaviy merosdir!

      «Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan «Ikki buyuk siymo ijodi avlodlar uchun bebaho ma’naviy merosdir» nomli teatrlashtirilgan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Madaniy tadbir davomida buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiyning 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligini munosib nishonlash maqsadida «Ajdodlar merosini e’zozlab»  ko‘rik – tanlovi ham o‘tkazildi.

Ishtirokchilar 4 shart asosida bellashdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra:

1 – o‘rin – Gulnoza Karimova, Ma’naviyat markazi kutubxonachisi;

2 – o‘rin – Gulnora Xolto‘raeva, Kadrlar bo‘limi xodimasi;

3 – o‘rin – Yulduz Abduraxmonova, Zavod markaziy laboratoriyasi xodimasi;

4 – o‘rin – Surayyo Omonova, Zavod markaziy laboratoriyasi xodimasi egalladi.

«Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi qumitasi tomonidan  Ko‘rik – tanlov g‘oliblariga diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!