«Indorama Agro» XI MChJ korxonasida konferensiyasi o‘tkazildi. – O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI
Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

«Indorama Agro» XI MChJ korxonasida konferensiyasi o‘tkazildi.

        2025 yil 4 aprel kuni  Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimidagi «Indorama Agro» XI MChJ korxonasida  2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi bo‘yicha mehnat jamoasining konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyaga vakillik me’yori bo‘yicha 48 nafar deligat saylangan bo‘lib to‘liq iishtirok etdi.  Jamoa shartnomasinig muhokama yig‘ilishida tomonlar hisoboti tinglandi. Taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. Jamoa shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan qo‘shma qaror qabul qilindi. Shuningdek korxonada  hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Kun tartibiga – «Indorama Agro» XI MChJ korxonasi  kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020 yil mart oyidan 2025 yil mart oyigacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida”, “Korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risida”,“Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibini saylash to‘g‘risida”, «Taftish komissiyasini raisi va tarkibini saylash to‘g‘risida  “Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi konferensiyasiga delegat saylash to‘g‘risida” masalalari kiritildi va konferensiyada  barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Kasaba uyushma qumitasi raisligiga 3 kishining  nomzodi kursatilib Saylov yashirin ovoz berish yuli bilan utkazildi.  Kasaba uyushma qumitasi raisligiga 54.1% ovoz bilan Avazmurod Boboev saylandi. Konferensiya yig‘ilishida Viloyat Kasaba uyushmalari kengashi raisi o‘rinbosari  Isoq Axmedov, Tarmoq kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi I. Omononovlar ishtirok etishdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!