Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

        Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tganligi haqida xabar berilgan edi. Hakamlar hay’ati tomonidan har bir insho sinchkovlik bilan o‘rganilib, xolisona baholandi. Unga ko‘ra, Filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Gulruxsor Yangiboeva tanlovda birinchi o‘rinni egalladi. Pedagogika fakulteti 1-kurs talabasi Farangiz Xurramova ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Fizika fakulteti 2-kurs talabasi Oynisa Jo‘raevaga uchinchi o‘rin nasib etdi. Bugun tanlovning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazilib, ularga universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!