Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Inson manfaati, uning turmush farovonligi – ustuvor vazifa

    Bugun shaharu qishloqlarimizda tinchlik va osudalikni ta’minlash, uni muhofaza etishda o‘z burchlarini sharaf bilan bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlari hamda ular oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, shu bilan bir qatorda, ko‘ngilli dam olishini tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida, shuningdek, Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiya rahbarlari bilan o‘tkazgan majlisida, xalqimiz hamda jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirish, ularni ma’naviy ozuqa olishlari, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanishida madaniyat muassasalarining, xususan, teatr, konsert, kino va muzeylarning o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tgandi.

Haqiqatan, muzeylar, teatrlar Vatanimiz tarixi, buguni, madaniyati va ma’naviyatidan so‘zlovchi, millatimizning ko‘p asrlik qadriyat va urf-odatlarini saqlab kelayotgan maskanlar bo‘lib, ular ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bu esa insonlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otadi.

Shu ma’noda, Davlat muassasalari va jamaot xizmati xodimlari shahar kengashi tizimidagi tashkilotlar tomonidan ham xodimlarning konsert, teatr, muzey va badiiy ko‘rgazmalarga oilaviy tashrifini muntazam tashkil etish, ularning madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlashda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Mullato‘ychi Toshmuhammedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining 2018 yil 1 fevraldagi “Kasaba uyushmasi a’zolarining madaniy hordiq chiqarishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 9-26 “s” sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari uchun dramaturg Sh.Mahkamovning “Quticha” nomli asari asosida sahnalashtirilgan “Xazina” nomli spektakl namoyish etildi.

Shuningdek, mazkur teatr foyyesida ichki ishlar organlari xodimlari uchun “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etildi. Bu o‘z navbatida, tadbir qatnashchilarini yangi sotuvga chiqarilgan turli adabiyotlar bilan bahramand qildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!