Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

        O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyat kengashining majlislar zalida 28 aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar uchun mehnat muhofazasiga oid ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Federatsiyaning Qashqadaryo viloyat kengashi,  viloyat bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining mas’ul xodimlari hamda yirik ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi muhandislari so‘zga chiqdilar.

Bugungi kunda o‘zgaruvchan ob-havo sharoiti ko‘plab sohalarga, ayniqsa xodimlarning xavsizligi va sog‘ligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim o‘zgarishi natijasida kasbiy xavf-xatarga issiqlik stressi, ultrabinafsha nurlanish, havoning ifloslanishi, yirik sanoatdagi avariya holatlari va kimyoviy moddalar ta’sirining kuchayish ehtimoli yuqori hisoblanadi.

Yuqori harorat yurak-qon tomir va nafas olish tizimi kasalliklari o‘limga olib kelishi mumkin. Iqlim o‘zgarishi tufayli xodimlar issiqlik stressi, ish bilan bog‘liq jarohatlar va mehnat unumdorligining pasayishi xavfiga olib keladi. Bu ayniqsa, ochiq havoda yoki issiq xonalarda ishlaydigan odamlar uchun xavflidir.

Iqlim o‘zgarishi yog‘ingarchilikni ko‘paytiradi, bu esa ba’zi hududlarda suv toshqinlariga olib kelishi, toshqinlar esa diareya kasalliklari, A va Ye gepatitlari va havo orqali yuqadigan infeksiyalar kabi suv orqali yuqadigan infeksiyalarning tarqalishiga olib kelishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, bugungi o‘tkazilgan davra suhbatida iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri va uni bartaraf etish choralarini ko‘rish, iqlim o‘zgarishining asosiy sababchisi hisoblangan issiqxona gazlarini kamaytirish, ishlab chiqarish doirasida chiqindalarni qayta ishlash yoki minimallashtirish, turli materiallarni (plastmass, metall, shisha) qayta ishlash, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha fikr mulohazalar bildirib o‘tildi.

 2023 yil davomida  joylardagi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan jami 5354 ta mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonun qoida va me’yorlar buzilishi aniqlanib, 5149 ta kamchiliklar bartaraf etildi.

Mehnat muhofazasi ishlari va zarar to‘lovlari to‘lanishi tartibiga oid masalalar bo‘yicha murojaat qilgan 35 nafar xodimlarga huquqiy maslahatlar berildi

Viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlarga xavfsiz, sog‘lom ish sharoitlarini yaratish, mehnatini muhofaza qilish va texnika xavfsizligini saqlash maqsadida ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomalariga asosan o‘tgan  yil davomida 25 milliard 695 million so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi.

Tadbir so‘nggida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Marosimda  “Eng yaxshi tashkilot”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi”,  “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi vakil”  hamda “Mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olibdeb topilgan korxona, tashkilot va muassasalar, kasaba uyushma qo‘mitalari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassislar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!