Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

ISh UNUMINING BOISI

     Sir emas, so‘nggi yillarda respublikamizda tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifati oldingilarga qaraganda yaxshilandi. Chaqiruv joyiga qisqa fursatlarda borish va bemorga zarur ko‘makni ko‘rsatish bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmoqdaki, bu aholining tez tibbiy yordam xizmatiga ishonchini ham orttirdi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo viloyat filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tuzilganiga qariyb bir yil bo‘ldi. (Ilgari kasaba uyushma faoliyati Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi negizida edi. Endi alohida ajralib chiqdi).  Tabiiyki, yangi yuridik tashkilotda jamoa shartnomasi ham joriy etildi.

Yaqinda filialda mazkur jamoa shartnomasi bandlarining 2023 yilda bajarilishi muhokama qilindi. Qisqa davrlik faoliyatga nazar tashlandi.

Dastlab, ish beruvchi tomonidan bosh hisobchi o‘rinbosari Alisher Shamsiev hisobot berdi. Ta’kidlandiki, xodimlarga qulay mehnat sharoitlari yaratish, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tashkilotning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, binolarni ta’mirlash tadbirlari, ilg‘or xizmatchilarni rag‘batlantirish, ustamalarni o‘z vaqtida berish borasida lokal hujjatga ko‘ra sezilarli ishlar qilingan.

O‘z navbatida kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ulash Vohidovning  hisoboti tinglandi.

Qayd etildiki, o‘tgan yili 35 nafar xodimga moddiy yordam ajratildi. Xodimlarning 71 nafar farzandi yozgi oromgohda hordiq chiqargan bo‘lsa, 23 nafar xizmatchi sanatoriyda sog‘lomlashtirildi. Bundan tashqari, har bir bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari ajratildi, sport musobaqalari o‘tkazildi. Tarixiy shaharlarga sayohatlar uyushtirish, konsert tomoshalarida madaniy hordiq chiqarish tadbirlari amalga oshirildi.

Shuningdek, xodimlarning huquqiy himoyasida kasaba uyushmalari o‘zining adolatli ovozi bilan faol ishtirok etdi. Nohaqlikka yo‘l qo‘yilmadi.

Muzokara chog‘ida so‘zga chiqqan tez tibbiy yordam xizmatchilari jamoa shartnomasiga ko‘ra o‘zlari foydalangan imtiyozlar haqida to‘xtalib, pirovardida, bir yillik faoliyatga ijobiy baho berishdi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!