Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Ishchi-xodimlar manfaati yo‘lida

????????????????????????????????????

     Qashqadaryo viloyat transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan viloyatdagi tarmoq tizimidagi nodavlat tashkilotlarni kasaba uyushmasiga jalb qilish ishlari izchillik bilan olib borilishi samarasi ularoq hududdagi 897 ta transport va qurilish sohasidagi nodavlat tashkilotlarida kasaba uyushma tashkiloti tuzilib ularda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy himoyasi ta’minlanib kelinmoqda. Jumladan tarmoq birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tizimiga a’zolikka qabul qilingan Drongo temir-beton servis MCHJ, Qashqadaryo qurilishloyixa servis MCHJ,  Qoratepa metan MCHJ, Qamashi ishlab chiqarish MCHJ, Namuna qurilish montaj dizayn servis mas’uliyati cheklangan jamiyati kabi korxona va tashkilotlarda kasaba uyushmalari faoliyati bo‘yicha hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda jamoa shartnomasi tuzilib u orqali mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy himoyasi ta’minlanib kelinmoqda. Yil davomida korxona kasaba uyushma tashkilotlarining tashabbusi bilan madaniy ma’rifiy, ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, xususan bayram tadbirlari, yurtimizning tarixiy shaxarlarga sayoxatlar, sport musobaqalari, sanatoriya va bolalar oromgohlarida sog‘lomlashtirish ishlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishchi-xodimlarga moddiy ko‘mak, kasaba uyushma faollarini rag‘batlantirish borasida ishlar jadal ravishda olib borilmoqda, bu esa mehnatkashlarning munosib mehnat qilishlariga undamoqda.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!