Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

 “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari taqdimoti o’tkazildi.

         O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining nashri bo‘lgan “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari ijodiy jamoasi bilan 2019 yil 29 oktabr kuni soat 11 00  da Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari taqdimoti tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan ijodiy tadbirda “Ishonch” gazetasining ashaddiy muxlislari, shoir, yozuvchi va ijodkorlar hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirok etib, “Ishonch” gazetasining mazmun mohiyati va gazetada yoritilayotgan maqolalar haqida fikr almashishdi.

Tadbir  ko‘tarinki ruhda bayram kayfiyatida boshlandi. Dastavval Abdulla Oripov haykali poyiga “Ishonch” gazetasining ashaddiy muxlislari, shoir, yozuvchi va ijodkorlar hamda kasaba uyushmalari faollari tomonidan gulchambar qo‘yilib, ta’zim bajo keltirildi.

Keyin viloyatning san’at vakillari tomonidan Alisher Navoiy va Abdulla Oripov she’rlaridan qo‘shiqlar kuylandi.

Ijodiy tadbirda “Ishonch” gazetasining tahririyati vakillari gazetaning faoliyati, galdagi rejalari to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berib o‘tishdi.

Ayniqsa, muzokaralar jarayoni qizg‘in tus oldi.

So‘zga chiqqan kasaba uyushma faollari gazetaning jamiyatdagi o‘rni oshib borayotgani, yil davomida kishini mulohazaga, mushohadaga chorlaydigan qator maqolalar chop etilgani bo‘yicha iliq fikrlar bildirishdi.

Jumladan, davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyatidagi mas’ul tashkilotchisi Ismat Ochilov so‘zga chiqib, “Ishonch”ning oddiy tarmoq gazetasidan ommabop xalq nashriga aylanganini e’tirof etdi. “Ilk va so‘nggi so‘zimiz Vatan”, “Oltin o‘lka” va shu kabi qator maqolalar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

O‘z navbatida ijodiy uchrashuvda hozir bo‘lgan QDU professori Abdurahim Erkayev, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Fayziddin Tilovatov va boshqalarning muzokara so‘zlari, “Ishonch” gazetasining mazmun-mohiyati xususidagi fikrlari yig‘ilganlarning e’tiborini tortdi.

Anjuman chog‘ida xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov sulolasi vakili Najmiddin Begmatov, “Zulfiya” mukofoti sohibasi E’zoza Alisherova tomonidan o‘qilgan she’rlar barchaga manzur bo‘ldi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!