Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Islom Karimov- mustaqil O’zbekiston asoschisi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to’g’risida”gi PQ-3404-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi hamda tuman xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda joriy yilning 30 yanvar kuni tumandagi 16-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O’zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlab “Islom Karimov-mustaqil O’zbekiston asoschisi” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Biz bilamizki, Islom Abdug’aniyevich Karimov suvern va mustaqil O’zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlagan. Islom Karimov oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida, xalqimiz qalbida uchmas iz qoldiradi. Jahon miqiyosida katta hurmat, obro’ga sazovor shaxs va arbob sifatida tanildi.
Tadbirda tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri Sh.Ruziyev, tuman kengashi raisi S.Abdullayevlar nutq so’zladi va o’z so’zlarida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’z xalqining cheksiz mehr-muhabbat bilan sevishini, ayniqsa o’zlarining rahbarlik faoliyatini boshlagan Qashqadaryo xalqiga mehri beqiyos ekanligini vohamizning so’lim go’shalari, bepayon kengliklari madh etilgan misralar ulug’ Insonning bu yurtga e’tibori bejizga emasligidan darak beradi deb ta’kidlab o’tdilar.
Tadbirda tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Sh.Tog’aeva, tuman maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri D.Imomovalar ishtirok etishdi va so’zga chiqishdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!