Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

   “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining so‘nggi bosqichi

      “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining mintaqaviy respublika bosqichi joriy yilning 25-27 oktabr kunlari Termiz shahrida o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi madaniyat muassasalarida faoliyat yuritayotgan 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan jami 46 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.

     Tanlovda viloyat vakillaridan “Estrada qo‘shiqchiligi” yo‘nalishi bo‘yicha-Xodjayeva Emmiliya Alisherovna- Muborak shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi hamda “Yakka va jamoa raqsi ijrochiligi” yo‘nalishi bo‘yicha-Qarshi shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining raqs jamoasi faxrli birinchi o‘rinni, “An’anaviy ijrochilik” va “Yakka va ansambl cholg‘u ijrochiligi” yo‘nalishi bo‘yicha  uchinchi o‘rinlarni egallashdi.

        G‘oliblarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi tomonidan  esdalik sovg‘alari topshirildi.

photo_2016-11-28_15-10-51 photo_2016-11-28_15-10-02 photo_2016-11-28_15-13-11 photo_2016-11-28_15-13-04

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!