Shahrisabz shahridagi 10- umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2019 yil 5 fevral kuni maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2018 yilda bajarilishi to‘g‘risida mehnat jamoasining yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar kengashi raisi U.Ortiqov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining ijtimoiy sug‘urta bo‘limi mudiri F.Qamarovlar ishtirok etishdi.
Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishini maktab direktori Q.Odilova ochdi va boshqarib bordi. Kun tartibidagi masalalar ma’qullangach, maktab direktori Q.Odilova masala yuzasidan hisobotini o‘qib eshittirdi. Xisobotda maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasini 2018 yilda bajarilishi, ijtimoiy sheriklik asosida ish beruvchi va kasaba uyushma tashkiloti xodimlarni haq-huquqlarini himoya qilishi, barcha ishchi-xodimlar ichki mehnat tartib qoidalari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga amal qilganligi, 5 nafar xodim nafaqaga chiqish oldidan rag‘batlantirilganligi, 3 nafar kam ta’minlangan xodimning farzadlari oromgohda dam oldirilgani haqida aytib o‘tdi.
Maktabning kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Ubaydullayeva ham o‘z hisobotida bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ni izchillik bilan amalga oshirish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida pedegog-xodimlarga qaratilayotgan e’tibor, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kasaba uyushmalari tizimida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida, xodimlarga ish haqining o‘z vaqtida berilishi, xodimlar moddiy qo‘llab-quvvatlanganligi haqida aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2018-2020 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasiga 2019 yil “Faol investiqiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi va mehnat jamoasi tomonidan ma’qullandi.
Yig‘lish yakunida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining ijtimoiy sug‘urta bo‘limi mudiri F.Qamarov, shahar kengashi raisi U.Ortiqovlar yig‘ilishda mehnat jamoasi faol ishtirok etganligi, kasaba uyushma tashkiloti xodimlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilishi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.