Ijtimoiy sheriklikning asosiy mexanizmi bu tashkilot va muassasalarda imzolangan jamoa shartnomalari xisoblanadi. Jamoa shartnomasi kasaba uyushmasi a’zolarining mexnat, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, intellektual xuquq va manfaatlarini qonunlarda belgilanganidan yuqori bo‘lgan xaq-xuquqlarini, imtiyozlarni belgilaydi, bajarilishini ta’minlaydi. Fevral, Mart oylarida mexnat jaomalarida jamoa shartnomalarni 2015 yilda bajarilishi yuzasidan yil yakunlari bo‘yicha xisobotlar bo‘lib o‘tadi.
1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tumanimizdagi yirik ta’lim muassasalaridan biri bu yerda mingdan ziyod mexnatkashlarning farzandlariga yuzdan ortiq ta’lim fidoyilari ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Ta’lim dargoxida 2014-2016 yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasi bajarilishining muxokamasi uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi mutaxassisi A.Murodov, tuman kengashi raisi E.Niyozovlar ishtirok etdilar. Maktab direktori L.Usmonova va kasaba uyushma qo‘mita raisi S.Jovliyevalarning jamoa shartnomasi bandlarining 2015 yilda bajarilishi bo‘yicha xisobotlari tinglandi. Ish beruvchining xisobotida ta’lim muassasasida ish beruvchilar tomonidan “Mexnat kodeksi ” va “Mexnatni muxofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun talablariga qattiy rioya qilinayotganligi va bu kasaba uyushma tomonidan nazorati olib borilganligi. Xisobot davrida ish beruvchilar tomonidan xodimlarni iqtisodiy-ijtimoiy ximoya qilishni birinchi sharti bo‘lgan ish haqlarini o‘z vaqtida berilganligi natijasida ta’lim muassasasida ish xaqidan muddatidan o‘tgan qarzdorlik xolati bo‘lmaganligi, xodimlar uchun qulay va xavfsiz mexnat sharoitlari yaratilib, muassasasida xodimlar o‘rtasida kasaba uyushmasi bilan xamkorlikda “8-mart”, ”Navro‘z”, “Xotira va qadrlash kuni”, “1 iyun-bolalarni ximoya qilish kuni”, ”Mustaqillik bayrami”, ”O‘qituvchilar va murabbiylar kuni”, “Konstitutsiya qabul qilingan kun” bayram tadbirlari, turli sport, ma’daniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilganligi qayd etilib, kam ta’minlangan xodimlardning 4 nafar farzandlari yozgi oromgohga dam oldirilib, direktor jamg‘armasi xisobidan xodimlarga moddiy va ma’naviy ko‘maklar ko‘rsatilganligi ta’kidlandi.
O‘z navbatida kasaba uyushma tashkiloti tomonidan kam ta’minlangan oila farzandlaridan 5 nafariga yangi yil bayram sovg‘alari berilib, ta’lim-tarbiya soxasida samarali mexnat qilayotgan xodimlar mexnati rag‘batlantirilib ularga estalik sovg‘alari berilganligi, uzoq yillar ta’lim soxasida mexnat qilgan faxriylar va ularni e’zozlash ishlariga xam e’tibor qaritilganligi, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, milliy g‘oya targ‘ibotini olib borish maqsadida “Ma’naviyat soat”lari o‘tkazilayotganligi, xodimlar tarixiy shaxarlarga sayoxati uyushtirilib, 2 nafar xodim sog‘liklarini tiklash maqsadida sixatgoxlarda bo‘lganligi qayd etildi. Kasaba uyushmasi a’zolarining xuquqiy, siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘quvlari tashkil etilganligi, kasaba uyushmasi a’zolarini nafaqaga kuzatish tadbirlari tashkillanayotganligi aytib o‘tildi.
Jamoa shartnomalari bandlari orqali qishloq xo‘jaligi ishlarida ko‘maklashgan xodimlar ish xaqlari saqlandi, yosh bolali ayollarga qo‘shimcha imtiyolar kafolatlanib 10 nafarga yaqin xodimlar undan foydalandi, jamoa shartnomasi tadbirlarini bajarilishi uchun o‘rtacha xisobda 298.758303 so‘m sarflanib, xar bir xodimga o‘rtacha 2.575502 so‘mni tashkil etdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar jamoa shartnomasini 2015 yilda bajarilishini qoniqarli deb baxoladilar. Ayrim bajarilmagan bandlarini 2016 yilda bajarilishini ta’minlash xaqida yig‘ilish qaror qabul qildi.