Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Jamoa shartnomasi  muhokamasi  hamda xisobot-saylov  yig‘ilishiga  bag‘ishlab umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.

        O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida tuzilgan jamoa shartnomalarining 2019 yilda bajarilishi hamda 2020 yil uchun yangi jamoa shartnomalarini qabul qilish bo‘yicha belgilangan jadval asosida fevral, mart oylarida umumiy yig‘ilish (konferensiyalar) o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 06 fevral  kuni tumandagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi. Yig‘ilishda maktabning 104 nafar xodimlaridan 89 nafari ishtirok etdi va tumandagi  boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlaridan 19 nafar kasaba uyushma  faollari ishtirok etdi. Maktabda ish beruvchi hamda  xodimlari o‘rtasida 2019-2021 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2019 yilda bajarilishi  muhokama qilishga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish kun  tartibiga qo‘yilgan  masalalar bo‘yicha,  ish beruvchi bilan  maktab xodimlari  kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2019–yilda bajarilishi bo‘yicha maktab direktori X.Boboqulov  va  kasaba  uyushma  qo‘mitasi  raisi A.Raxmonovlarning hisoboti hamda hisobot yuzasidan muzokara so‘zlari tinglandi. Kun tartibidagi ikkinchi masala   maktab ish beruvchi bilan maktab xodimlari kasaba uyushmasi  qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasiga 2020 yil “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” munosabati bilan qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritildi va qaror loyihasi o‘qib eshittirildi. Jamoa shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan umumiy yig‘ilish yopiq deb e’lon qilindi.

Ma’lumki bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi  kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlar yili. Shu jumladan    Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi  boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida ham shu yilning fevral-aprel oylarida hisobot-saylov yig‘ilish va konferensiyalarini o‘tkazish belgilangan.

Shu jumladan  tumandagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabida  jamoa shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan  yig‘ilish tugagandan so‘ng  shu jamoa ishtirokida xisobot –saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Xisobot saylov yig‘ilishi kun tartibida  3 ta masala  muhokama qilindi. Birinchi masala yuzasidan maktab kasaba uyushma qo‘mitasining raisi  A.Raxmonovning maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2015 yil fevral oyidan 2020 yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi hisoboti tinglandi. Xisobot ma’ruzasi yuzasidan   mehnat jamoasi vakillari muzokaraga chiqib, o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.  Kun tartibidagi ikkinchi kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibiga saylov o‘tkazildi va 5 kishidan iborot  kasaba uyushma qo‘mitasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatildi va jamoa muhokamasiga qo‘yildi. Kun tartibidagi uchunchi masala O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman tashkiloti VII konferensiyasiga delegat  etib  saylash masalasi muxokama qilindi va  delegat etib  Raxmonov Aziz Abdumannovichni nomzodi ko‘rsatildi va tasdiqlab olindi. Kun tartibidagi uchta masala yuzasidan qaror  loyihasi  o‘qib eshittirildi va  asos uchun qabul qilindi.  Yig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  SHahrisabz tuman kengashining jamoatchilik asosida rais o‘rinbosari Sh.Niyozova so‘zga chiqib,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga yo‘llagan  Murojaatnomasida pedagoglarni tayyorlash sifatining orqada ekanligiga alohida e’tibor qaratilganligi, ta’limning barcha sohalariga axborot texnologiyalarini joriy etish va internet imkoniyatlaridan foydalanish zarurligiga alohida urg‘u berilganligi, mana bugungi o‘tkazilgan hisobot -saylov yig‘ilishida ham kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyatining ommaviy axborot vositalarida juda kam yoritilganligi, qo‘mita tomonidan mehnat qonunchiligi va mehnat muhofasi bo‘yicha  yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha o‘z vaqtida ma’muriyat yoki boshqaruv organlariga asosli takliflar berilmaganligi, barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari bilan  tuman kengashi o‘rtasida elektron hujjat almashinuv holatining talab darajasida emasligi haqida fikr bildirdi. Xisobot-saylov yig‘ilishi bayramona ruhda o‘tkazildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!