Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Jamoa shartnomasi” muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi.

    2016 yil 11 mart kuni  Qarshi davlat universiteti faollar zalida   Qarshi davlat universiteti ish beruvchisi hamda universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2014-2016 yillarga mo‘ljallab tuzilgan “Jamoa shartnoma”sining 2015 yilda tomonlar tomonidan bajarilishiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish (konferensiya) o‘tkazildi.  Konferensiya kun  tartibiga qo‘yilgan  masalalar bo‘yicha,  dastlab, Qarshi davlat  universiteti ish beruvchisi bilan  universitet xodimlari  kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2014-2016 yillar uchun qabul qilingan “Jamoa shartnomasi”ning 2015 – yilda bajarilishi haqida Universitet rektori, prof. Shoimqulov Bahodir Allaberdiyevich va Universitet xodimlari va talabalari  kasaba  uyushmasi  qo‘mitasi  raisi  Valiyev Tuychi Qorjovovichlarning hisoboti tinglandi. So‘ngra “Jamoa shartnomasi”ning 2015 yilda bajarilishi bo‘yicha nazorat qilib boruvchi komissiyaning tekshiruv dalolatnomasi muhokama etildi va komissiya raisi, dots.  B. Jo‘rayevning axboroti eshitildi. Shuningdek, konferensiyada Universitet ish beruvchisi hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan “Jamoa shartnomasi”ning 2016 yilda ijrosini nazorat qilib boruvchi komissiya tarkibi qayta tasdiqlandi. Kun tartibidagi so‘nggi masala bo‘yicha “2016 yil – Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan  “Jamoa shartnomasi”ga qo‘shimcha  va o‘zgartirishlar  kiritildi va barcha masalalar yuzasidan qaror qabul qilinib, tasdiqlandi.  Konferensiya so‘ngida mehnat jamoasi vakillari muzokaraga chiqib o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar. Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Kubayev Shodmon Rabbimovich, “Ishonch” gazetasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha muxbiri Akmal Abdiyevlar ishtirok etdilar.

Konferensiya viloyat televideniyesi va matbuot orqali yoritildi.

Презентация3

Презентация4

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!