Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

JAMOATCHILIKNING DOLZARB VAZIFASI

      Shahrisabz shahar san’at saroyi zalida siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Ishonch” gazetasining joriy yil 15 oktabr sonida bosilgan “Ilk va so‘nggi  so‘zimiz: Vatan! Sarlavhali maqolasi muhokamasiga bag‘ishlangan “Davra suhbati” bo‘lib o‘tdi. Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari vakillari maqolada  ona tilimizga munosabat, keyingi paytda shiddat bilan rivojlangan texnika asri terminlari mazmuniga bag‘ishlangan  huquqiy, iqtisodiy milliy terminologiya yaratish, milliy mafkura, milliy tafakkurni shakllantirish borasida bildirilgan fikrlar, tanqidiy mulohazalar bugungi kun uchun nihoyatda dolzarbligini aytib o‘tishdi.

“Davra suhbati”da maqolada tanqid qilinganidek, shaharlarimizning badiiy-ma’naviy landshaftini  yaratish, ko‘chalardagi reklama yozuvlari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari nomlarini tartibga keltirish butun jamoatchilikning dolzarb vazifasi ekanligi, bunday kamchiliklar Shahrisabz shahrida ham mavjudligi ta’kidlandi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!