Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Jismoniy tarbiya va sport – barkamollik, salomatlik sari…..

      O‘zbekiston talim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi ish rejasi tadbirlarini ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog-xodimlar o‘rtasida sport tadbirlarini o‘tkazish, ularni jismoniy chiniqtirish, salomatliklarini mustahkamlash, oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 03 iyundagi №PQ-3031 sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijrosini taminlash, mamlakatimizning barcha xududlarida ommaviy sportning inson va oila xayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, xayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash maqsadida 9-may “Xotira va qadrlash  kuni” munosabati bilan xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog-xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turidan joriy yilning 28 aprel kuni musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada 8 ta xududda 372 nafar pedagog-xodimlar ishtirok etdi. Xududlar bo‘yicha 1,-2-o‘rinlarni egallagan 16 ta jamoa 5 may kuni tumandagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport maydonida o‘zaro bellashdilar. Musobaqa yakunida tumandagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoasi 1-o‘rinni, 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi 2-o‘rinni, 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Sport musobaqasi g‘oliblarini tuman xalq talimi bo‘limi mudiri Sh.Ruziev, tuman kengashi raisi S.Abdullaevlar esdalik sovg‘alari hamda diplom bilan taqdirladilar.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!