Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili

       Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga 2019 yil 19 iyul holatiga 267 ta yozma, 431 ta og‘zaki, 285 ta “Ishonch” telefoni orqali, murojaatlar ro‘yxatga olindi. Shundan 93 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabul xonalaridan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni tashkil etadi.  Ushbu kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish uchun 43 ta holatda ish beruvchiga taqdimnomalar kiritilib, 505 nafar fuqarolarni huquqlari himoya qilindi. Shu barobarda murojaat mualliflarini ish haqlarini kechiktirilishi, nafaqa va tavon pullarini kechiktirilishi yuzasidan jami bo‘lib, 117 million 170 ming so‘m miqdoridagi summalar undirib berildi.

Hozirda fuqarolardan tushgan 5 ta murojaatlar ish yurituvda turibdi. Shundan 2 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishonch telefoni orqali tushgan murojaat.

Birlashmaning 2019 yil 5 iyuldagi 07/422 sonli aloqa xatiga muvofiq barcha viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari va bo‘lim boshliqlaridan “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasiga taklif so‘ralgan edi. Hozirga qadar tibbiyot tarmog‘i mas’ul tashkilotchisi tomonidan takliflar berilmadi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!