Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!”

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yillik bayramini yuqori saviyada o‘tkazishda viloyat kasaba uyushmalari faollari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2019 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda kasaba uyushmalarining ishtiroki to‘g‘risida”gi 17-09 “s” sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur qaror asosida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi” tasdiqlangan.

Xususan, qaror ijrosi yuzasidan bugungi kunga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Obodonlashtirish va tozalik oyligi davomida barcha mehnat jamoalarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, joriy yilning 17-18 avgust kunlari o‘tkaziladigan umumxalq hayriya hasharida kasaba uyushmalarining faol ishtiroki ta’minlandi;
bayram arafasida viloyatdagi 500 dan ortiq mehnat jamoalarida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etuvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi;
Yoz mavsumida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining barchasida 5 ta ijobiy tashabbus asosida musiqa va san’at ko‘rik tanlovlari, sport musobaqalari, kitobxonlik kunlari, viktorinalar, kompyuter savodxonligi to‘garaklari shuningdek, “Mustaqillik mening taqdirimda”, “Shu Vatanga bordir mening keragim”, “Ozod elning o‘g‘liman, obod elning o‘g‘liman” nomli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi;

Viloyatdagi mehnat jamoalarida tashkil etilayotgan “Ma’naviyat soatlari”da “Islohot mezoni – odamlar hayotidagi o‘zgarishdir”, “Mustaqillik yillarida erishgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinch va osuda hayoti, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik”, “Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy  islohotlar va ularning ahamiyati” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qib borilmoqda.

Bugungi tadbirda mehnat  faxriylari, mustaqillikni himoya qilish yo‘lida jonini fido qilgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, ko‘p bolali, viloyatning olis va chekka hududlarida, murakkab iqlim sharoitida yashovchi oilalarning ayollari, kasaba uyushmalari faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida ishlaydigan kam ta’minlangan, ko‘p bolali, viloyatning olis va chekka hududlarida, murakkab iqlim sharoitida yashovchi oilalarning 5 nafar ayollariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarga hamda farzand ko‘rmagan yosh oilalarning 2 nafar ishlaydigan a’zolariga “Umid gulshani” sanatoriysiga bepul yo‘llanmalar ajratiladi;
“Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi!” shiori ostida mustaqillikni himoya qilish yo‘lida jonini fido qilgan 6 nafar  harbiy xizmatchilarning oilalariga 500 ming so‘mdan jami 3 mln. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatiladi;

9 nafar yolg‘iz keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning har biriga eng kam ish haqining bir barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatiladi;

Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat” uyida yashovchilarga homiylik sifatida 2 mln. so‘mlik issiq adeallari topshirildi;

Kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan bayram tadbirlari viloyatimiz bo‘ylab davom ettiriladi.

Jumladan, dam olish (31 avgust – 3 sentabr) kunlari viloyatimizdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun sayohatlar uyushtiriladi;
Jumladan, birlashma kengashi tomonidan viloyatda istiqomat qilayotgan 20 nafar mehnat faxriylari uchun sentabr oyining birinchi yarmida  Samarqand shahriga sayohat tashkil etiladi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!