Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida kasaba uyushmasi qo‘mitasiga raisi saylandi.

        Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida kasaba uyushmasi qo‘mitasining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining 2024 yil 21 dekabrdagi IX-3-sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi  Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2024 yil 25 dekabrdagi 14-3 sonli “Tarmoq kasaba uyushmasi tizimidagi kasaba uyushmasi tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan joriy yilning 4 fevral kuni JShsining 2024 yilda bajarilishi va kasaba uyushma tashkilotining hisobot saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

         Hisobot saylov konferensiyasi davomida boshlang‘ich tashkilotning o‘tgan besh yil davomidagi hisoboti tinglandi. Shuningdek, ishtirok etayotgan delegatlarning ko‘pchilik ovozi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga Jumaev Akmal Menglievich saylandi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!