Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Kasaba uyushma faollari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

??

      O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2019 yil 2-yarim yilligida kasaba uyushmalari  kadrlari va faollarini o‘qitish rejasiga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘quv markazida 2019 yil 7-12 oktabr kunlari  O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilot raislari uchun bo‘lgan o‘quv-kursida shahardagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich tashkilot raisi M.Ubaydullayeva ishtirok etib kelganligi munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar kengashi   tomonidan 2019 yil  30 oktabrda  shahardagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faolllar zalida boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv-seminarda 50 ga yaqin kasaba uyushma faollari ishtirok etdi.

O‘quv-markazda 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich tashkilot raisi M.Ubaydullayeva   Prezidentimiz tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishda barcha darajadagi kasaba uyushma organlari harakatlarini birlashtirish,O‘zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” Qonunlari,  “Kasaba uyushmalari organlarida ish yuritishni tashkil etish”, “Bandlik va ijtimoiy himoya sohasida kasaba uyushmalarining vazifalari”, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning dolzarb masalalari”kabi mavzular bo‘yicha  malaka oshirganligi, mashg‘ulotlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Respublika Kengashi mutaxassislari, hamda boshqa ma’ruzachilar tomonidan muloqot va inter faol usulida olib borilganligi haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

So‘zga chiqqan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar kengashi raisi U.Ortiqov  o‘quv-seminarlarni tizimli tashkil etib borish, shu maqsadda boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari va faollarining ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash orqali salohiyatlarini oshirish masalalariga alohida to‘xtaldi.

Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari kasaba uyushmalari organlarini faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan dasturlardagi vazifalarni bajarilishini ta’minlash, hamda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!