O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘uzor tuman kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faollari bilan xuquqiy mavzularda o‘quvlar o‘tkazish ishlarini amalga oshirib bormoqda. Shunday o‘quvlardan biri oktabr oyida tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi. O‘quv “O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunni o‘rganish va qonunning ish beruvchilar oldiga quyilgan talablari hamda qonun yuzasidan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish mavzusiga bag‘ishlandi. O‘quv davomida tashkilot va muassasalarda ish beruvchi tomonidan xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari yaratilishiga, qonun quygan talablariga rioya etilishini ta’minlashga kasaba uyushmalarining ishtiroki va nazorati o‘quv ishtirokchilariga batavsil tushuntirildi. Bu kabi o‘quvlar o‘z navbatida kasaba uyushmalarining o‘z vakolatlari doirasida xalq ta’limi tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning mehnatga oid va mehnatni muxofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, kasaba uyushmalari tashkilotlari hamda ish beruvchilar o‘rtasida imzolangan jamoa shartnomalari orqali xodimlarning ijtimoiy himoyasi va mehnat huquqlarini ta’minlashda, ma’naviy va ma’rifiy manfaatlarini samarali himoya qilishga alohida e’tibor qaratishiga muhim omil bo‘lmoqda.