Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kasaba uyushma tashkilotlari mehr-muruvvat oyligida

 “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan respublikada o‘tkazilayotgan mehr-muruvvat oyligida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan bir qator ezgu ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan muhtoj nogironlarni zarur reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash maqsadida 2-3 darajali karlik tashxisiga asosan 2 nafar yolg‘iz pensionerga eshitish moslamasi olib berildi.      Shuningdek, 40 nafar kam ta’minlangan, yolg‘iz, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron keksalarning holidan xabar olindi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida kasaba uyushmalari budjeti hisobidan 5 mln. so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan 39 nafar 1-guruh nogironlariga kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan 4 mln. 600 ming so‘mlik har xil turdagi esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tarmoq kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot, muassasalar va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan 228 nafar nogiron, 25 nafar boquvchisini yo‘qotgan oilalar, 12 ta tushakda yotib qolgan bemorlar, mehnat qilib baxtsiz hodisalar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan 63 nafar nogironlar holidan xabar olinib, ularga 43 mln. 25 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, zarur reabilitatsiya texnik vositalari, moddiy yordamlar hamda har xil turdagi esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!