Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Kasaba uyushmalari – harbiylarga” aksiyasi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi  kengashi rayosatining 2015 yil 29 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Kasaba uyushmalari –harbiylarga” aksiyasi doirasidagi tadbirlar Qashqadaryo viloyati kasaba uyushma tashkilotlarida uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.Joriy yilning 12 yanvar kuni viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi  majlislar zalida “Vatan himoyachilari kuni” bayramiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Inobat Karimova, viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Eson Rajabov, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi kengashi raisi Yanvarь Inoyatov yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladilar.Yig‘ilishda so‘z olganlar milliy armiyamiz tarixi, tinchlik va osyishtalik uchun xizmat qilish  O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining asosiy maqsadi ekanligi, harbiy qismlarimizda yaratilgan namunali sharoitlar  haqida gapirdilar.Tadbir so‘ngida Janubiy g‘arbiy maxsus harbiy okrugi bo‘linmalarida xizmat qilayotgan 11 nafar harbiy xotin-qizlarga shuningdek, 10 nafar xizmat burchini bajarish paytida halok bo‘lgan harbiylar, ichki ishlar, favqulotda vaziyatlar vazirliklari xizmatchilarining oila a’zolariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!