Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Kasaba uyushmalari – harbiylarga” aksiyasi

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan 2015 yilning 5 dekabr kuni “Kasaba uyushmalari – harbiylarga” aksiyasi doirasida Nishon tumani, “Nuriston” qurg‘onchasida joylashgan 01404-sonli harbiy qism kutubxonasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlari bo‘yicha  o‘rinbosari podpolkovnik E.Mataliyev, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisining o‘rinbosari I.Ahmedovlar ishtirok etishdi. Birlashma kengashi tomonidan xarbiy qism kutubxonasiga 800 ming so‘mlik  lotin va kril alifbosidagi har xil kitoblar sovg‘a qilindi.Tadbirda so‘zga chiqqan xarbiy qism kutubxonasi mudirasi Akbarova Nilufar kutubxonaga ayniqsa tarixiy mavzudagi ya’ni Boburnoma, Yulduzli tunlar, Temur tuzuklari kabi kitoblarning taqdim etilishidan mamnun ekanligini bildirdi.Shuningdek, oddiy askar Mamadaliyev Abdug‘ani  anchadan buyon Temur tuzuklari kitobini o‘qishni orzu qilib yurganligini va endi ushbu kitobni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!